Dragan Cheran 33 gol bilan “Paxtakor” to‘purariga aylandi

  • 6 dekabr, 2019, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2019 yilgi mavsumda Dragan Cheran 33 to‘p kiritgan holda "Paxtakor" jamoasi safida eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu gollarning 23tasini Dragan Superligada urgan bo‘lsa, 2tasi Chempionlar Ligasi, 3tasi Liga Kubogi va 5tasi O‘zbekiston Kubogi bahslariga to‘g‘ri keldi. U eng ko‘p to‘pni AGMKga qarshi bahslarda kiritdi – jami 7 bor olmaliqliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, “Buxoro” darvozasiga 5 gol urdi. 33 golini 21 bahsda urgan Cheran 3 marta xet-trik va 6 bor dublga erishdi.

Igor Sergeev 25 gol bilan ikkinchi to‘purarga aylandi. U Superligada 17, Chempionlar Ligasida 2, Liga Kubogida 4 va O‘zbekiston Kubogida 2 to‘p kiritdi. Shuncha golga jami 18 bellashuvda mualliflik qildi. Dostonbek Hamdamov hisobiga 14 gol yozilgan bo‘lsa, Marat Bikmaev 12 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Jaloliddin Masharipov esa 7 gol bilan bu ko‘rsatkich borasida beshinchi futbolchi bo‘ldi. Mavsum davomida jami 15 nafar futbolchi to‘p kiritdi.

Superligada eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Dragan Cheran (23 gol) bo‘ldi. Chempionlar Ligasida Marat Bikmaev 4 gol bilan jamoa to‘purariga aylandi. Liga Kubogida Dostonbek Hamdamov 5 to‘p bilan etakchilik qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogida Cheran 4 gol bilan peshqadam bo‘ldi.

7851575478209

2019 yil raqib darvozasiga gol urgan futbolchilar
33 - Dragan Cheran
25 - Igor Sergeev
14 - Dostonbek Hamdamov
12 - Marat Bikmaev
7 - Jaloliddin Masharipov
5 - Sardor Sobirxo‘jaev
4 - Egor Krimets
3 - Shohruh Mahmudhojiev, Marko Simich, Hojiakbar Alijonov
2 - Vladimir Kozak
1 - Javohir Sidiqov, Humoyunmirzo Iminov, Sherzod A’zamov, Odil Hamrobekov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!