Dragan Cheran Server Jeparovdan o‘tib ketishi mumkin
"Paxtakor"ning "Andijon" bilan o‘yinidan avval o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlab o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar to‘purari Server Jeparov hisoblanadi. U andijonliklar darvozasiga 8 to‘p kiritishga erishgan. Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev va Baxtiyor Hamidullaev 7tadan gol urgan. Dragan Cheran esa qisqa vaqt ichida ushbu jamoa darvozasini 6 bor ishhol qilib ulgurdi. Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Igor Sergeev hisobida 5tadan gol mavjud. Ravshan Bozorov hamda Dilmurod Nazarov raqib darvozasiga 4 to‘p kiritishni uddalagan. Otabek Pirmatov esa har ikki jamoa uchun gol muallifi bo‘lgan.
"Andijon" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
8 - Server Jeparov
7 - Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev, Baxtiyor Hamidullaev
6 - Dragan Cheran
5 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Igor Sergeev
4 - Ravshan Bozorov, Dilmurod Nazarov.
Fikrlar