Drakslerdan so‘ng “Volfsburg”ning yana bir futbolchisi Frantsiyaga yo‘l olishi mumkin

  • 5 yanvar, 2017, 15:50
  • 0
  • Futbol
Chery Tigo 7 PRO

Germaniyaning “Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Luis Gustavo yaqindagina jamoani tark etgan Yulian Drakslerning ortidan Frantsiyaga yo‘l olishi mumkin.

Aniqrog‘i, 29 yoshli braziliyalik xavbekning xizmatlariga ayni damda Frantsiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Nitstsa” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiyalik mashxur jurnalist Janluka di Martsioning ma’lum qilishicha tomonlar allaqachon ushbu transfer yuzasidan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

.

Ma’lumot uchun, bu mavsum Bundesliganing 11ta uchrashuvida maydonga tushgan Gustavo o‘z hisobiga birorta ham aniq zarba yozdirib ko‘yishga erishmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "bo‘rilar"ning boshqa bir a’zosi Yulian Draksler Frantsiyaning amaldagi chempioni - PSJ klubi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!