
Drikus dyu Plessi: "Shon Striklend chempionlik jangiga loyiq emasdi"
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi rossiyalik Xamzat Chimaev haqida gapirdi.
“To‘g‘risini aytsam, hozir Xamzatga qarshi jang qilganim yaxshi edi, chunki u chempionlik jangiga ko‘proq munosib, Striklend emas. Shon juda ham zerikarli kurash olib boradi. Chimaev esa Robert Uittakerni qanday mag‘lub etganini hamma ko‘rdi" - dedi amaldagi chempion.
Eslatib o‘tamiz, Striklend va Dyu Plessi 8 fevral kuni Sidneyda bo‘lib o‘tadigan "UFC 312" turnirida o‘zaro revansh jangini o‘tkazadi.
Fikrlar