Drogba JCh-2018 ni yutgan Frantsiya terma jamoasi haqida ajoyib gap aytdi

  • 24 aprel, 2022, 13:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Dide Drogba kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan iqtidorli futbolchilar haqida gapirdi.

Tecno

Dide ko‘plab mamlakatlar va qit’alarga sayohat qilganini, deyarli hamma joyda Afrikadan kelgan iqtidorli futbolchilar bilan uchrashganini aytdi. Drogba 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Frantsiya terma jamoasi futbolchilarining 70-80 foizi asli afrikalik ekanligini ta’kidladi, bu esa ko‘p narsani anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Dide Drogba futbolchilik faoliyatini 2018 yilning noyabrida yakunlagan va endi taniqli sobiq futbolchi o‘zini Kot-d'Ivuar futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida sinab ko‘rmoqchi. U o‘z nomzodini ushbu lavozimga qo‘ymoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!