Duglas Kosta Braziliya chempionatida super gol urdi (video)

  • 6 oktabr, 2021, 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Gremio" klubi hujumchisi Duglas Kosta Braziliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Sport Resife"ga qarshi o‘yinda juda ham chiroyli gol muallifiga aylandi.

Kosta uchrashuvning 85-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda, raqib darvozasini uzoqdan turib aniq nishonga oldi. Ammo uning goli jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. “Gremio” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

31 yoshli Kosta joriy mavsum "Gremio" safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!