Duglas Kostani yana "Bavariya"ga qaytarishmoqchi

  • 23.01.2020 14:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta yana “Bavariya”ga qaytishi mumkin.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Manuel Noyer, Tomas Myuller, David Alaba va Robert Levandovski jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan bo‘lgan yig‘ilishda braziliyalik futbolchini ortga qaytarishni so‘rashgan. Shu bois “Bavariya” qishki transfer yopilgunicha Kostani sotib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Duglas Kosta 2015-2017 yillarda “Bavariya” safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!