Dunyoning ayni vaqtdagi eng yaxshi klubi? Slotda ikkita variant bor

  • 22 yanvar, 11:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Arne Slot Chempionlar ligasida jamoasi peshqadam bo‘lib turganiga qaramay, "Liverpul"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi, deb hisoblamaydi. 

"Liverpul" EChL 7-turida "Lill"ni mag‘lub etdi. Mersisaydliklar ushbu turnir doirasidagi 7 bellashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 1/8 final yo‘llanmasini naqd qildi. 

— "Liverpul" dunyoning eng yaxshi jamoasimi?

Yo‘q. O‘ylaymanki, bizda sifatli o‘yinchilar ko‘p va futbolchilar juda ko‘p mehnat qilishadi. Men 5-6 ta jamoani aytishim mumkin. Ular ham juda yaxshi formada. 

Har bir g‘alabamiz kichik hisobda va buning uchun ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Ayni vaqtda "Bavariya" juda zo‘r, "Barselona" esa "Benfika"ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi",
- dedi "Liverpul" ustozi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!