
Dunyoning eng qimmat darvozaboni kim? (Kutilmagan nomzod)
Transfermarkt portali jahon futbolida ayni paytda eng qimmat hisoblangan darvozabonlar reytingini e’lon qildi.
Birdaniga to‘rt darvozabon bir xil summaga baholangan bo‘lsa-da, portal ekspertlari Portugaliya chempionatida qatnashayotgan Diogu Koshtani birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Kuchli o‘nlikka quyidagi posbonlar kiritildi:
- Diogu Koshta («Portu», € 45 mln);
- Janluiji Donnarumma (PSJ, € 45 mln);
- Mik Menyan («Milan», € 45 mln);
- Tibo Kurtua («Real», € 45 mln);
- Ederson Moraes («Manchester Siti», € 40 mln);
- Andre Onana («Manchester Yunayted», € 40 mln);
- Gregor Kobel («Borussiya» D, € 35 mln);
- Yan Oblak («Atletiko» M, € 35 mln);
- Alison Beker («Liverpul», € 35 mln);
- Mark-Andre ter Shtegen («Barselona», € 35 mln).
Fikrlar