“Chelsi” darvozasi uchun kurash qizg‘in kechadi

  • 30.05.2020 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalagani o‘zida saqlab qolishga qaror qilgan “Chelsi” unga kuchli raqobatchi olib kelmoqda.

Dortmundning “Borussiya”si darvozasini ishonch bilan qo‘riqlab kelayotgan Roman Byurki endi APLda mahorat ko‘rsatishi mumkin.  Chunki londonliklar shveytsariyalik 29 yoshli golkiper uchun 15 million funt taklif qilmoqchi. Bu summa dortmundliklarni qoniqtirishi mumkin.

2015 yildan buyon “Borussiya” tarkibida maydonga tushayotgan posbon 150 uchrashuvda 52 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Markaziy Osiyoning eng zo‘r darvozaboni O‘zbekistondan

Eng qimmat darvozabon joyida qoladi. U sarflangan pullarni oqlashi kerak

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!