Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari nomi e’lon qilindi
CIES Football Observatory tadqiqot markazi sayyoramizdagi eng qimmat tarkibga ega klublar reytingini e’lon qildi.
Ushbu tadqiqot markazi har bir klubning eng qimmat 20 ta futbolchisini hisobga olgan holda ro‘yxatni shakllantirgan.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida "Liverpul" joy olgan. Ushbu jamoa tarkibi taxminan 1,405 milliard evroga baholanmoqda. Kuchli uchlikdan esa "Manchester Siti" (1,361 mlrd) va "Barselona" (1,17) klublari joy olishgan.
Quyida reytingning kuchli o‘nligi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. "Liverpul" Angliya - 1,405 mlrd
2. "Manchester Siti" Angliya - 1,361
3. "Barselona" Ispaniya - 1,17
4. "Real" Ispaniya - 1,1
5. "Chelsi" Angliya - 1,008
6. "Manchester Yunayted" Angliya - 1,007
7. PSJ Frantsiya - 0,979
8. "Atletiko" Ispaniya - 0,836
9. "Tottenxem" Angliya - 0,787
10. "Yuventus" Italiya - 0,783.

Fikrlar