
Dunyoning eng zo‘r futbolchilari aniqlandi. Ular orasida O‘zbekistonda o‘ynagan futbolchi ham bor!
90min.com portali barcha davrlarning eng zo‘r futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rin argentinalik Diego Maradonaga nasib qildi. Braziliyalik futbol qiroli Pele ikkinchi, Maradonaning hamyurtim Lionel Messi uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Eng zo‘r futbolchilar orasida o‘z davrida "Bunyodkor"da o‘ynab, O‘zbekiston chempioni va musobaqa to‘purari bo‘lgan Rivaldo ham borligini ta’kidlash joiz.
Portal talqini bo‘yicha kuchli o‘nlik bilan tanishing:
- Diego Maradona
- Pele
- Lionel Messi
- Frants Bekkenbauer
- Yoxan Kroyf
- Ronaldo
- Krishtianu Ronaldu
- Zinedin Zidan
- Mishel Platini
- Roberto Badjo
Fikrlar