Dunyoning eng zo‘r klublari reytingiga nechta o‘zbek jamoasi kirdi?

  • 9 iyul, 2024, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli klublari yangi reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni tuzishda jamoalarning 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 30 iyungacha bo‘lgan davrda qayd etgan natijalari asos qilib olingan.

Dunyoning eng zo‘r jamoalari reytingini Evropaning grand klublari boshqarib turibdi. Birinchi pog‘onada UEFA  Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” bormoqda. Ispan grandining bir yil davomida 371 ball to‘plagani qayd etilgan.

Yangi reytingning dastlabki o‘n bir pog‘onasini faqat Evropa jamoalari – “Real”dan keyin “Manchester Siti”, “Bayer”, “Atalanta”, “Borussiya Dortmund”, “Atletiko Madrid”, “Bavariya”, “Barselona”, “Arsenal”, “Inter” hamda PSJ egalladi.

Boshqa qit’a vakillaridan eng yuqori pog‘onada Braziliyaning “Palmeyras” jamoasini ko‘rsatish mumkin. Bu klub umumiy reytingda parijliklardan keyin 12-qatorda joylashgan.

Osiyo klublari orasida eng yuqori mavqega Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi loyiq topilib, 40-qatorga o‘rnashdi. Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” jamoasi qit’ada ikkinchi, dunyo reytingida 71-o‘rindan joy oldi.

“Top-500” reytingida O‘zbekistonning uchta jamoasi nomi qayd etilgan. Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi umumiy ro‘yxatning 201-qatorida qayd etilgan. Yurtimizning eng kuchli jamoasi bo‘lib turgan qashqadaryoliklar 88,25 ball jamg‘argan.

Keyingi vakilimiz – Namanganning “Navbahor” jamoasi 83,75 ball bilan jahon reytingida 221-qatordan o‘rin egalladi.

O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Paxtakor” umumiy reytingdagi so‘nggi vakilimiz hisoblanadi. Toshkent “sherlari” umumiy reytingning 496-qatoriga joylashtirildi. “Paxtakor” hisobida 51 ball bor.

Endi legionerlarimiz o‘ynagan jamoalar ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beramiz.

Eldor Shomurodov bir mavsum to‘p tepgan Italiyaning “Kalyari” jamoasi umumiy reytingda 291-pog‘onani egallab turibdi. 29 yoshli hujumchimiz bu klub uchun A Seriyada 22 ta uchrashuvda uchtadan gol va assist qayd etdi.

Kuchli beshlik ligalaridagi ikkinchi vakilimiz Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” xalqaro tashkilot ro‘yxatining 109-pog‘onasida turibdi.

Evropa ligalaridagi legionerlarimizdan Azizbek Turg‘unboevning “Sivasspor” jamoasi 294, Otabek Shukurov mavsumning birinchi yarmida o‘ynagan “Fotih Karagyumryuk” 341, Husniddin Aliqulovni o‘z safiga qo‘shib olgan “Rizespor” 359-o‘rinda ko‘rsatilgan.

Oston O‘runov yordamida Eron chempionligini qo‘lga kiritgan “Persepolis”ni dunyoning eng zo‘r klublari reytingida 313-jamoa hisoblanadi.

Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylangan Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA reytingga kiritlgani yo‘q. Rossiya klublaridan faqatgina chempion jamoa – “Zenit” 409-qatordan o‘rin egallagan.

Husanov o‘ynagan va 9 ta gol urilgan o‘yindan keyin yangi bosh murabbiy nimalar dedi?

Braziliyalik futbolchi Fayzullaevning imkoniyatlariga baho berdi!

“Afsuski, Fayzullaev ketyapti!”

Fayzullaevni “Yuventus”ga tavsiya qilishdi

Abdulqodir Husanovni Parijda kutishyapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улуғбек
07/07/2024 19:49
Рейтингам алғов далғовку