Abdulqodir Husanovni Parijda kutishyapti

  • 5 iyul, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 26 iyul - 11 avgust kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari Abduqodir Husanov uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Tecno

Chunki 20 yoshi himoyachimiz bir yildan beri Frantsiya chempionatida “Lans” jamoasi sharafini himoya qilmoqda va mahalliy sharoitga boshqa futbolchilarimizga qaraganda ko‘proq moslashgan bo‘ladi.

Kuni kecha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kopadze o‘zbek futboli uchun tarixiy ahamiyat kasb etadigan Parij Olimpiadasiga jalb qilingan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Frantsiya futbolini yoritayotgan saytlar olimpiyachilar tarkibiga Liga 1 vakili Abduqodir Husanov ham kiritilganiga alohida e’tibor qaratdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga frantsiyalik ekspertlarning munosabatini havola etadi.

Kristof Shaad, lensois.com  sayti eksperti:

“Lans” professional futbol klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. U O‘zbekiston terma jamoasi tarikibiga kiritilgani e’lon qilindi.

Yaqinda milliy terma jamoa safida 2026 yilgi jahon chempionati saralash uchrashuvlarida ishtirok etgan 20 yoshli futbolchi endi Olimpiadada to‘p tepadi.  Asosian 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi turnir 24 iyuldan boshlanib, finalga yo‘l oladiganlar uchun 10 avgustgacha davom etadi.

O‘zbekiston birinchi uchrashuvini 24 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da  “Park de Prens” arenasida guruh favoriti Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Nant shahri mezbonlik qiladigan keyingi bellashuv 27 iyul soat 17:00 da Misr futbolchilari bilan bo‘ladi.

O‘zbekiston 30 iyul kuni soat 15:00 de Dominikan Respublikasi bilan bo‘ladigan guruhdagi oxirgi o‘yinda ishtirok etish uchun yana “Park de Prens”ga qaytadi. Chorak finalga chiqish uchun kvartetda kamida ikkinchi o‘rinni egallash shart.

Entso Paylot,  le11hdf.fr sayti eksperti:

O‘zbekiston terma jamoasi safida bir necha xalqaro saralash o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olgan Abduqodir Husanov Parij Olimpiadasiga keladigan o‘yinlar qatorida tanlandi.

Abduqodir Husanov 20 yoshidayoq o‘zbek futbolida asosiy figuralardan biriga aylanib ulgurdi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi, Qatardagi Osiyo kubogida ishonchli o‘ynadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogida qatnashib, o‘zbekistonliklarning Olimpiadaga yo‘llanma olishiga yordami tegdi. “Lans” himoyachisi Parijdagi musobaqada ham barcha frontlarda kurash olib borishi kutilyapti.

Abduqodir Husanovning yoshi 23 dan kichik bo‘lsa-da, Olimpiadada asosiy tarkibda o‘ynash imkoniga ega. Olimpiya o‘yinlarida har bir ishtirok terma jamoa tarkibga uch nafardan 23 yoshdan katta o‘yinchilarni kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk bor olimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritgan edi.

Shomurodovga ikkita yangi da’vogar paydo bo‘ldi!

Fayzullaev bo‘yicha “Bavariya”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi: Taniqli agent masalaga oydinlik kiritdi!

Legionerlarimiz: Yaxshiboevning ishlari yaxshi, qolganlarchi?

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!