Dyokeresh keldi, endi “Arsenal”ni mashhur hujumchi tark etadi

  • 28 iyul, 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Evropa ligalari hujumchilari orasida eng ko‘p gol urayotgan shvetsiyalik Viktor Dyokereshni olib keldi.

Tecno

“Sporting”dan kelgan forvard transferi rasman e’lon qilindi. Yangi o‘yinchining kelishi “kanonirlar” safida ayrim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Arsenal”ni braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus tark etishi mumkin. Keyingi mavsumlarda bu forvardning samaradorligi pasayib borayotgan edi.

28 yoshli Jezus ishsiz qolmaydi, albatta. Bu o‘yinchiga hozirning o‘zida qiziqishlar bor.   Caught Offside nashrining yozishicha, “Barselona”, “Tottenxem”, “Milan” va “Nyukasl” braziliyalik o‘yinchi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Jezusni 36 yoshli Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. “Tottenxem” esa, klubdan ketishi kutilayotgan Son Xyon Min va Risharlison o‘rniga Gabriel Jezusni transfer qilmoqchi.

Biroq, bu da’vogarlarning birortasi hali rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. Ular Gabriel Jezus yanvarda olgan jarohatidan qutilgani va salomatligi haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni kutyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!