
Dyu Plessi: "Xamzat to‘pponcha, men esa tankman"
O‘rta vaznda UFC chempioni Drikus Dyu Plessi chechenistonlik Xamzat Chimaevni mag‘lub etishiga qattiq ishonmoqda.
"Oktagonga kirganimda "chekinish" degan so‘zni unutaman. Xamzatga kelsak, uning 1-raunddan keyin charchab qolishini ko‘p kuzatdik. U kurashga tayanadi. Shu bois dastlabki raundlarda otilib harakat qiladi. Chimaev to‘pponcha, men esa tankman. Bu vaznda mendan kuchlisi yo‘q", - dedi janubiy afrikalik sportchi "TNT Sports" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi(22-2)ning navbatdagi raqibi Shon Striklend (29-6) bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar