Dzanolo o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 28 iyun, 2022, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” etakchisi Nikolo Dzanolo faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishni istayapti. 22 yoshli hujumkor futbolchi Turinga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.

Tecno

Har ikki klub anchadan beri Nikoloning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirib kelmoqda.

“Roma” Dzanolo uchun 50-60 million evro talab qilmoqda. Turinliklar summani pasaytirish uchun o‘yinchi qo‘shib bermoqchi. Bundan tashqari, “Yuventus” avval futbolchini ijaraga olib, transfer huquqini keyinroq sotib olish variantini ham ilgari surmoqda.

Dzanolo o‘tgan mavsumda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va to‘qqizta assist qayd etdi. Uning shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!