
Dzyuba qatorasiga ikkinchi mavsum RPLda tengsiz deb topildi
“Zenit” klubi forvardi Artyom Dzyuba futbolchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Rossiya premer-ligasining joriy mavsumdagi eng zo‘r futbolchisi, deb topildi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar tarqatmoqda.
RPL klublari sardorlari ishtirok etgan so‘rovnoma yakunlari quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Artyom Dzyuba («Zenit») – 227 ochko
- Aleksey Miranchuk («Lokomotiv») – 181
- Evgeniy Lutsenko («Arsenal» Tula») – 84
- Nikola Vlashich (TsSKA) – 72
- Sardor Azmun («Zenit») – 57
- Gjegoj Krixovyak («Lokomotiv») – 45
- Vanderson («Krasnodar») – 44
- Yaroslav Rakitskiy («Zenit») – 31
- Branislav Ivanovich («Zenit») – 25
- Mario Fernandes (TsSKA) – 19.
Ta’kidlash kerakki, Dzyuba o‘tgan mavsum ham ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar