Dzyuba Shomurodovni ortda qoldirdi

  • 6 dekabr, 2019, 23:17
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ayni damda, Rossiya Premer Ligasining 19-turidan o‘rin olgan "Zenit" va "Dinamo" (3:0) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda.

"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba uchrashuvning uchinchi goliga mualliflik qildi. Ushbu gol RPLning joriy mavsumida Dzyuba uchun o‘n birinchisi bo‘ldi va to‘purarlar ro‘yxatida etakchiga aylanib oldi.

Eslatib o‘tamiz, "Rostov" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov hisobida 10 ta gol bor. Bundan tashqari, "Krilya Sovetov" forvardi Aleksandr Sobolev ham 10 ta gol urishga erishgan.

Dzyuba to‘purarlar ro‘yxatidagi etakchilikdan tashqari, "gol+pas" tizimida ham yakkapeshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 11 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
06/12/2019 23:23
Eldor va Sobolev boshidan ancha o'zib ketishgandi va birdaniga ikkalasi ham to'xtab qolishdi. Dzyuba baribir tajribali va kuchli futbolchi