Dzyudo. O‘zbekiston chempionatining birinchi kuni etti vaznda sovrindorlar nomi ma’lum
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Mamlakat birinchiligining ilk kuni jami 7 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Uchta vaznda Sirdaryo viloyati dzyudochilarining chempion bo‘lishi e’tiborga molik holat. Yana biri kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ayni daqiqalarda yana 7 vaznda saralash bellashuvlari o‘tkazilyapti.
Birinchi kunning barcha g‘olib va sovrindorlari
O‘smirlar:
-35 kg vazn toifasi
1. Akobir Arzimuradov (Sirdaryo)
2. Mirakbar Abdujabborov (Qashqadaryo)
3. Kamoliddin Azizov (Buxoro)
3. Asilbek Mo‘minov (Buxoro)
-38 kg vazn toifasi
1. Elshodjon Shamsiddinov (Samarqand)
2. Olmos Odilov (Buxoro)
3. Umarxon Maqsudov (Xorazm)
3. Ali Odilov (Farg‘ona)
-42 kg vazn toifasi
1. Shohrux Hasanov (Jizzax)
2. Siyovush Haydarov (Buxoro)
3. Abubakirmirzo Shermatov (Andijon)
3. Sanjar Mirg‘iyosov (Buxoro)
Qizlar:
-30 kg vazn toifasi
1. Feruza Yo‘ldosheva (Xorazm)
2. E’zoza Abdurashidova (Qashqadaryo)
3. Rushana Madalieva (Buxoro)
3. Sapargul Daribaeva (Qoraqalpog‘iston)
-33 kg vazn toifasi
1. Mushtariybegim Mahmudova (Surxondaryo)
2. Nafosat Davronova (Sirdaryo)
3. Saida Rahmonqulova (Qashqadaryo)
3. Mushtariybonu A’zamjonova (Namangan)
-36 kg vazn toifasi
1. Shahlo Yo‘ldosheva (Sirdaryo)
2. Farangiz Baxtiyorova (Surxondaryo)
3. Shaxnoza Sheralieva (Surxondaryo)
3. Mubina Boymurodova (Surxondaryo)
-40 kg vazn toifasi
1. Iroda Sirojiddinova (Sirdaryo)
2. Muxlisa Jabborova (Xorazm)
3. Nargiza Nabijonova (Namangan)
3. Dilnura Jabborova (Qashqadaryo)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar