EChL. "Bavariya", "Atletiko" va "Manchester Siti" ishtirokidagi o‘yinlar uchun prevyu

  • 25 noyabr, 2020, 20:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar Ligasi guruh bosqichi yanada qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. O‘tgan tur prevyularida ham xuddi shu fikrni takrorlaganimizni hushyor muxlislar payqab ulgurgandir. Darhaqiqat, turdan-turga qizib boradigan EChL haqida bu ta’rifni qancha ishlatsak arziydi. 4-tur o‘yinlari ba’zi jamoalarga nimchorak final yo‘llanmalarini tuhfa etishini hisobga olsak, o‘yinlarning qiymati va qiziqarlilik darajasi ortadi. Hozirgi prevyumizdan keyingi bosqich masalasini bugun hal etishi mumkin bo‘lgan jamoalar haqidagi fikrlar ham o‘rin olgan. Demak, birinchi bo‘lib "Bavariya" - "Red Bull" Zaltsburg o‘yini haqida.

Tecno

photo_2020-11-25_13-06-12

"Bavariya" - "Red Bull" Zaltsburg

2 mavsumdirki futbol olamiga daxldor barchani bir savol qiynamoqda: "Bavariya"ni kim to‘xtatadi? Messisi bor "Barselona", hujumidan istalgan himoya hadiksiraydigan PSJ, grandlar bilan qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladigan Simeone boshqaruvidagi "Atletiko", Holand kabi to‘purarga ega "Borussiya"lardan hech biri myunxenliklarni to‘xtatib qola olmadi. Ayniqsa, "Bavariya" Chempionlar Ligasida 14 o‘yindan beri yutqazmayotganligi ularning qanday dahshatli tempda borayotganligidan darak beradi. Ular istagan jamoasiga xohlagancha gol uryapti. O‘tgan o‘yinda "Bavariya" mehmonda "Red Bull" darvozasiga 6 ta gol urgan. Shundan kelib chiqsak, bu o‘yinda ham favorit aynan "Alyants Arena" egalari.

photo_2020-11-22_22-24-30

Taxminiy tarkib: Noyer, Pavar, Boateng, Martines, Alaba, Goretska, Roka, Gnabri, Myuller, Sane, Levandovski.

Xans-Diter Flik: "Kunlik mashg‘ulot jarayonlarimiz menga juda yoqyapti. Agar siz buni shaxsan tomosha qilsangiz, muvaffaqiyatlarimiz kaliti shunda ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Yosh iste’dodlarga maydonda daqiqalar berayotganimizdan xursandman. Ulardan ba’zilarini yaqin kelajakda ko‘rishimiz ham mumkin. Odatda, o‘yin tizginini qo‘lga olishga urinamiz. Agar siz buni uddalay olsangiz, bundan yaxshisi yo‘q. Agar eplolmasangiz, raqib sizni katta bosim ostida qoldiradi. Buni yaxshi bilaman".

photo_2020-11-24_18-14-47

"Red Bull" Zaltsburg

O‘tgan o‘yin oldidan ta’kidlab o‘tganimizdek, avstriyaliklar gol urishni yoqtiradi. Ular guruh bosqichidagi 3 o‘yinda 6 ta gol urgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular faqat "Bavariya"dan ortda. Shunga qaramay, "Red Bull" o‘tgan bahsda myunxenliklar darvozasini ham 2 bor ishg‘ol etgandi. Shunday sermahsullik namoyish etayotgan Jessi Marsh shogirdlari bugun ham raqib darvozasi qarshisida katta xavf tug‘dirishi tayin. Boz ustiga, mezbonlar tarkibida Zyule, Kimmix, Tolisso, Devis, Ernandes kabi himoyaga ixtisoslashgan futbolchilar bu o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Demak, bu o‘yindan intriga topish mumkin.

photo_2020-11-25_11-38-43

Taxminiy tarkib: Stankovich, Ulmer, Veber, Ramalo, Kristensen, Soboslai, Kamara, Mvepu, Okafor, Koyta, Berisha.

Jessi Marsh: "Birinchi o‘yinda ular bilan bir darajada harakat qila olishimizni ko‘rdik. Biz hamjihat va ko‘proq intizomli o‘yin ko‘rsatishimiz lozim. "Bavariya" tarkibi juda kuchli, ular ko‘p sifatlarga ega. Biroq butun jamoa bo‘lib ularni mag‘lub etishimizga ishonamiz. Ajoyib stadionda kuchli raqibga qarshi o‘ynash yoqimli".

photo_2020-11-25_20-38-47

"Atletiko" - "Lokomotiv" Moskva

"Matraschilar"ning kayfiyati a’lo darajada. Ular so‘nggi uchrashuvda kimsan "Barselona"ni mag‘lub etdi. Shuningdek, 1 oydan ziyodroq muddatda ularni hech kim yuta olmayapti. Demak, Simeone o‘z ishini uddalamoqda. Shogirdlari ko‘zida olov yondira olgan argentinalik mutaxassis bugun "temiryo‘lchilar"dan revansh olishi mumkin. Sababi, ular Moskvada muhim ochkolarni qo‘ldan chiqargandi. Agar bu bahsda mag‘lub bo‘lgan taqdirda, madridliklar guruh bosqichida "Lokomotiv"ni oldinga o‘tkazib yuboradi. Bu holat bellashuv qiymatini oshirishi aniq.

photo_2020-11-25_19-30-35

Taxminiy tarkib: Oblak, Tripper, Savich, Ximenes, Lodi, Karrasko, Koke, Saul, Lorente, Korrea, Joau Felish.

Diego Simeone: Bizni yaxshi qarshi hujumga ega bo‘lgan, taktik jihatdan kuchli raqibga qarshi juda muhim o‘yin kutib turibdi. Biz hujum qilishimiz va ulardan avval gol urishimiz lozim. Buni Moskvada uddaladik. Biroq bu to‘liq bo‘lmadi. Shuning uchun, bugungi bahsda maydonning har bir qarichi uchun kurash kechadi.

simeone

"Lokomotiv" Moskva

Marko Nikolich shogirdlari birinchi o‘yinda madridliklarga ancha qarshilik ko‘rsata olgandi. Supertemp namoyish etayotgan madridlik hujumchilarni to‘xtatish mobaynida o‘zlari ham Oblak postiga yo‘l topa olishdi. Shunday bo‘lsa-da, "Vanda Metropolitano"da ularni juda qiyin bahs kutib turganligi aniq. Chunki pley-off yo‘llanmalari uchun qizg‘in kurash bormoqda. "Temiryo‘lchilar" oldida turgan vazifa "Atletiko"ni mag‘lub etish va nimchorak final chiptalari tomon katta qadam tashlash. Ochko olgan taqdirda eng kamida, Evropa Ligasida ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyat hosil qiladi.

photo_2020-11-25_20-43-57

Taxminiy tarkib: Gilerme, Jivoglyadov, Chorluka, Murilo, Ribus, Ribchinskiy, Krixovyak, Kulikov, Miranchuk, Eder, Ze Luish.

Marko Nikolich: "Agar durang haqida o‘ylasangiz, mag‘lub bo‘lishingiz aniq. Biz g‘alaba uchun o‘ynaymiz. O‘tgan o‘yin juda murakkab kechgandi. Hozir ularni Moskvadagi uchrashuvga qaraganda yaxshiroq bilamiz. Bizga taktik intizom kerak. "Atletiko" bir necha yillardan beri kuchli o‘yin ko‘rsatib kelmoqda".

loko trener

"Olimpiakos" - "Manchester Siti"

Bir qarashda yunonlardan katta sensatsiya kutish biroz qiyin. Biroq ular o‘z uyida harakat qilishi "Olimpiakos" ochko olishini kutayotgan muxlislar uchun umid ko‘ng‘irog‘i o‘laroq xizmat qiladi. Pedro Martins shogirdlari aynan shu stadionda "Marsel"dan ustun kelgan edi. Bugungi raqib ancha jiddiy. Biroq har qandan jamoaga qarshi o‘ynash mumkin va bugun gretsiyaliklar buni isbotlash uchun  maydonda saf tortishadi. Boz ustiga, "shaharliklar" bu uchrashuvga printsipial bahsdagi alamli mag‘lubiyatdan keyin tashrif buyurmoqda. Mourino Gretsiyadagi hamkasbiga Gvardiolani 2 ta zarba yo‘llab, mag‘lub etish bo‘yicha master-klass o‘tab berdi.

photo_2020-11-25_20-47-36

Taxminiy tarkib: Sa, Dreger, Semedu, Sisse, Rafinya, M'Vila, Buxalakis, Kamara, Pepe, Fortunis, Masuras.

Pedro Martins: Bizda yo‘qotishlar bor. Biroq o‘larning o‘rnini bosuvchi futbolchilarimiz ham yo‘q emas. Biz o‘tgan o‘yinning ikkinchi bo‘limidagi kabi harakat qilishimiz lozim. Hali keyingi bosqichdan umid uzganimiz yo‘q. Uchrashuv bizning stadionda ekanligi ruhiy ustunlik beradi.

800

"Manchester Siti"

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, "Siti"ning kayfiyati yaxshi emas. Avvaliga "Liverpul", keyinchalik "Tottenhem" ulardan ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. Oxirgi g‘alaba esa, aynan "Olimpiakos"ga qarshi birinchi davradagi to‘qnashuvda qo‘lga kiritilgan. Demak, kayfiyatni o‘z o‘rniga qaytarish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Shuningdek, bugungi g‘alaba manchesterliklarga pley-off chiptalarini taqdim etadi. Bu ham qo‘shimcha motivatsiya bo‘lishi tabiiy.

photo_2020-11-24_20-57-24

Taxminiy tarkib: Ederson, Uoker, Diash, Lyaport, Kanselu, de Bryuyne, Rodri, Gyundogan, Sterling, Jezus, Foden.

Pep Gvardiola: Ularni juda qattiq hurmat qilaman. Raqib ham xuddi biz kabi kurash olib borishiga aminman. Bu o‘yin sovg‘asi sifatida pley-off chiptalari tikilgan. Shuningdek, g‘alaba qozonish jamoa kayfiyatiga ham ancha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi".

0_Guardiola

Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!