
EChL. "Kopengagen" sensatsion tarzda pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Kopengagen" - "Galatasaroy" bahsi bo‘lib o‘tdi. mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Lukas Larager tomonidan 58-daqiqada kiritilgan gol daniyaliklarga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.
Ochkolari sonini 8 taga etkazgan "Kopengagen" "A" guruhida 2-o‘rin bilan nimchorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 5 ochkosi bor "Galatasaroy" Evropa ligasida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Fikrlar