
EChL. Levandovski benefisiga aylanib ketgan uchrashuvda "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozondi
UEFA Chempionlar ligasi "S" guruhi 1-turi doirasidagi "Barselona" - "Viktoriya" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy bo‘lgan bellashuvda kataloniyaliklar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ispan klubi gollarga Levandovski (xet-trik), Ferran Torres va "Frenk Kessi mualliflik qildi. Plzenliklarning yagona goli esa Yan Sikora nomaga yozildi.
Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" birinchi turda g‘alaba qozonib, o‘z guruhi etakchisiga aylanib oldi. "Viktoriya" esa so‘nggi o‘rinni band etgan.
Fikrlar