
EChL. "Liverpul" va "Napoli" keyingi bosqichda
Avstriyaning "Red Bull Zaltsburg" klubi o‘z maydonida Angliyaning "Liverpul" jamoasini qabul qildi va 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Nabi Keyta va Muhammad Salohlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 7 ochkosi bor avstriyaliklar esa guruhda 3-pog‘onani qo‘lga kiritib, Evropa ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Parallel ravishda kechgan "Napoli" - "Genk" qarama-qarshiligida esa mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritishga erishdilar. Bugungi muvaffaqiyat evaziga neapolliklar o‘z ochkolari sonini 12 taga etkazib olgan holda "E" kvartetida ikkinchi o‘rinni egallashdi va pley-offga yo‘l olishdi.
6 ta bahsda 1 ochkoni qo‘lga kiritgan "Genk" guruhda so‘nggi pog‘onani band etdi.
Fikrlar