
EChL. "Manchester Siti" so‘nggi turda ham zafar quchdi
Chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan "Tsrvena Zvezda" - "Manchester Siti" uchrashuvida mehmonlar 2:3 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda dastlab Xemilotn hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Bobb oradagi farkni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Xvang javob qaytardi. 85-daqiqada esa Fillips penaltidan gol urdi. So‘nggi daqiqalarda Katai hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, "shaharliklar" 18 ochko to‘plagan holda guruhdan 100 foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi.
"G" guruhidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv "Leyptsig" va "Yang Boyz" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
51-daqiqada Sheshko hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar imokniyatlarni tenglashtirdi, lekin 56-daqiqada Forsberg jamoasini olding olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng nemislar guruhda 12 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. "Yang Boyz" esa Evropa ligasiga yo‘l oldi.
Fikrlar