
EChL. Messining dubli "Barselona"ga "Seltik" ustidan g‘alaba keltirdi
Evropa chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Mazkur turda "Barselona" safarda "Seltik" mehmoni bo‘ldi.
Kutilganidek kataloniyaliklar o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘ldi. Bu hisobda ham aks etdi.
Uchrashuvning 24 va 55-daqiqalarida Messi tomonidan kiritilgan gollar "Barselona"ga 3 ochko olib keldi.
Seltik – Barselona 0:2
Gollar: Messi, 24, 55
Seltik: Gordon – Lyustig, Shimunovich, Svyatchenko, Izagirre – Armstrong, Braun, MakGregor (Roberts, 72), Rogich (Bitton, 64), Sinkler (Forrest, 46) – Dembele
Barselona: Ter Shtegen – Serxi Roberto, Pike (Marlon, 72), Maskerano, Alba (Din, 65) – Rakitich, Buskets, Andre Gomesh – Messi, Suares, Neymar (Turan, 77)
Ogohlantirishlar: Svyatchenko, 23, Lyustig, 71, Armstrong, 87 – Alba, 42, Neymar, 71, Rakitich, 89
Fikrlar