
EChLda 5-tur yakunlandi: 4 ta klub mag‘lub bo‘lmadi, bitta klub ochko yo‘qotmadi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin xal qilgan "Barselona" "Ferentsvarosh"ni mehmonda (3:0) mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Ronald Kuman shogirdlari turnirning joriy mavsumida guruh bosqichida dastlabki beshta o‘yinning barchasida g‘olib bo‘lgan yagona klub sifatida qoldi. So‘nggi turda kataloniyaliklar "Kamp Nou"da "Yuventus"ni qabul qiladi.
"Shuningdek, Chelsi", "Bavariya" va "Manchester Siti" guruh bosqichida mag‘lubiyatga uchrashmadi. Ularning hisobida 4 g‘alaba va bir durang bor.
Oltinchi tur oldidan "Portu", "Liverpul", "Barselona", " Bavariya", "Manchester Siti", " Chelsi", "Sevilya" va " Yuventus" klublari pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar