
EChLda bugun "Chelsi" - "Real" hamda "Vilyarreal" - "Bavariya" uchrashuvlari bor. O‘yinlarni qaysi telekanallar namoyish etadi?
Bugun Evropa Chempionlar ligasida chorak final bahslari davom ettiriladi. Kun doirasidan "Chelsi" - "Real" hamda "Vilyarreal" - "Bavariya" uchrashuvlari o‘rin olgan.
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Angliyadagi qarama-qarshilik "Sport", Ispaniyadagi bellashuv "Mahalla" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Kecha "Manchester Siti" o‘z uyida "Atletiko"ni taslim etdi - 1:0. "Liverpul" esa "Benfika" maydonida g‘alaba qozondi - 3:1.
Fikrlar