EChLda ushbu haftaning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar e’lon qilindi

  • 7 mart, 2019, 12:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasining ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisiga da’vogarlar nomi e’lon qilindi. UEFA matbuot xizmati bu ro‘yxatga Dushan Tadich (“Ayaks”), Ugo Loris (“Tottenxem”), Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) va Mussa Maregani (“Portu”) kiritgan.

Tecno

G‘olib UEFA rasmiy saytida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

– Tadich “Real”ga qarshi o‘yinda 1 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qildi.

– Loris Dortmundning “Borussiya” klubi bilan bo‘lgan o‘yinda 7 ta seyvni amalga oshirdi.

– Lukaku PSJga qarshi bahsda dubl qayd etdi.

– Marega “Roma”ga qarshi bahsda 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!