Edegor: "Arteta "Arsenal"ga o‘tishimdagi asosiy sababchilardan biri bo‘lgan"

  • 02.04.2026 14:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida iliq fikr bildirdi.

"Arteta "Arsenal"ga o‘tishimdagi asosiy sababchilardan biri bo‘lgan. Uning ishi shunchaki aqlbovar qilmas darajada, men undan juda ko‘p narsa o‘rgandim. Jamoadagi talablar esa nihoyatda yuqori", — dedi norvegiyalik futbolchi "Soccer Bible" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Martin Edegor 2021 yili "Real"dan "Arsenal" safiga 35 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Edegor "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!