Edegor: Bizni "Manchester Siti" qiziqtirmaydi

  • 24.01.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" sardori Martin Edegor "Manchester Siti"ning natijalari jamoaga bosim o‘tkazyaptimi, degan savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» kecha «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda 3:2 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» bilan farqni 5 taga etkazib oldi.

"To‘g‘risini aytsam, bizni «Manchester Siti» yoki boshqa jamoalar qiziqtirmaydi. Biz ularning g‘alaba qozonishini kutgandik, shuning uchun bu bizni hayron qoldirmaydi. Biz bor e’tiborimizni g‘alaba qozonish uchun o‘z o‘yinimizga qaratdik va bunga erishdik”, — dedi Edegor.

Ma’lumot uchun, "Arsenal" 28 yanvar kuni Angliya kubogining 4-raundi doirasida o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!