Edegorning "Real"dagi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda

  • 27 iyul, 2021, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor baribir "Real" ni tark etishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Anton Meananing so‘zlariga qaraganda, norvegiyalikning qirollik klubidagi kelajagi transfer oynasi oxirigacha noaniq bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" ayni damda Edegorning transferi borasida bir nechta takliflarga ega. Ammo yakuniy qaror hali ma’lum qilinmayapti.

Edegor o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Arsenal"da ijarada o‘tkazdi. U “kanonirlar” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!