
Eden Azar endi futbol o‘ynamaydi
El Chiringuito nashrining xabar berishicha, “Real”ning eng qimmatbaho futbolchilaridan hisoblangan Eden Azar mavsum oxirigacha futbol o‘ynamaydi.
Belgiyalik hujumkor futbolchi o‘ng oyog‘i suyagidagi plastinkani oldirish uchun jarrohlik stoliga yotishi kerak bo‘ladi. Boshida Azar besh hafta maydondan tashqarida bo‘lishi taxmin qilingan edi. Biroq, vaziyat jiddiy bo‘lib chiqdi va u bu mavsum boshqa o‘ynamaydi.
Eden Azar 2019 yildan beri “Qirollik klubi”dan 500 kundan ortiq vaqtini jarohatlarini davolatishga sarflagani haqida ma’lumotlar chiqqan edi. Unga ko‘ra, qimmatbaho futbolchi Ispaniya klubida jami 14 marta jarohat olgan.
Azar joriy mavsumda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar