
Eden Azar: Mourino chempion qilgan “Chelsi”dan hozirgisi kuchli
Angliyaning “Chelsi” klubi etakchisi Eden Azar 2014-15 mavsum chempion qilgan Joze Mourinoning “Chelsi”sidan hozirgi jamoa kuchli ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
- Hozirgi kundagi “Chelsi” eng yaxshisi. Chunki biz har bir o‘yinda zafar quchmoqdamiz. Biz o‘zimizga to‘liq ishonamiz. Har bir uchrashuvning ahamiyatini yaxshi anglagan holda harakat qilamiz.
Hozirgi “aristokratlar” Joze Mourino paytidagi jamoadan kuchli, - deydi Azar.
Fikrlar