Eden Azar "Real"ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi

  • 06.09.2019 17:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Mavsum boshlanmasidan jarohat olgan Eden Azar maydonga tushishga tayyor. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi jarohatidan qutilgan va jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Belgiyalik futbolchi "qirollik klubi"ning navbatdagi o‘yinida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, "Real" Ispaniya La Ligasidagi navbatdagi turni 15 sentyabr kuni o‘tkazadi. Shu kuni "Levante" Madridda mehmon bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!