Eden Azarga 392 kun kerak bo‘ldi

  • 31 oktabr, 2020, 19:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda, La Liganing 6-turidan o‘rin olgan "Real" va "Ueska" (3:0) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Uchrashuvda hisobni ochgan Eden Azarga gol urish uchun 392 kun kerak bo‘ldi. U so‘nggi bor, 2019 yilning 5 oktyabr kuni "Granada" darvozasini ishg‘ol etgandi. 2020 yilda klubida ham, terma jamoa tarkibida ham gol urishni uddalay olmayotgandi.

Azar turli jarohatlar tufayli, o‘yinlarning aksariyatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Bugun belgiyalik futbolchi joriy mavsumda "Real"dagi ilk o‘yinini o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!