Eden Azarga kutilmagan xaridor chiqdi

  • 17 avgust, 2022, 19:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi vingeri Eden Azar faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Fichajes.com" nashri manbasiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Azarning taxminiy transfer narxi 12 mln evro. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Avvalroq, Eden yangi mavsumda "Real"ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishi haqida aytgan edi. Shuningdek, Karlo Anchelotti ham belgiyalik futbolchidan umidlari katta ekanligini ta’kidlagan edi. Biroq futbolchi hozircha ishonchni oqlay olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!