Edin Jeko: "Chelsi"dan olingan ochko juda muhim edi
«Roma» forvardi Edin Djeko EChL guruh bosqichining 3-turi doirasidagi «Chelsi» bilan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bahs durang – 3:3 hisobida o‘z nihoyasiga etdi.
«Ular uchta imkoniyatni yuzaga keltirib, uchta gol urishdi. Bu «Chelsi» naqadar kuchli ekanini isbotlaydi. Biroq biz ham o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Mening ko‘nglim to‘ldi. Bu juda muhim ochko. Ehtimol, o‘yindagi gol mening eng yaxshi to‘plarimdan biri bo‘ldi. Har bir ochko qimmatli, ayniqsa «Chelsi»ga mehmonga borib, biz kabi o‘ynasangiz.
Endi A Seriyaga e’tibor qaratamiz, so‘ng yana EChLda muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilamiz», - deya Djekoning so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.

Fikrlar