
Edita Mirobidova ayollar o‘rtasida U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishlaydi
2024 yilda mamlakatimizda o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi final bosqichi uchun saralash bahslari boshlanmoqda.
Joriy yilning 8-12 mart kunlari Kambodjada mazkur musobaqa uchun saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. “G” guruhi vakillari Myanma, Malayziya, Pokiston va mezbon — Kambodja final bosqichi uchun kurash olib borishadi.
E’tiborli tomoni, Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan mazkur saralash raundida FIFA hakamimiz Edita Mirobidova ham tayinlov olgan, - deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol hakamlar markazi.
Fikrlar