Eduardo Kamavinga "Getafe"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga tish bilan bog‘liq muammolar sabab "Xetafe"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.
Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi javob bahsida (2:1) fransuz futbolchisi jamoadoshi Raul Asensio bilan to‘qnashib ketgan edi. Ispaniyalik himoyachi maydondan nosilkada olib chiqilgan.
"As" nashri xabariga ko‘ra, Kamavinga shanba kuni shoshilinch tarzda stomatologga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Shu bois, uning bugungi o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida edi.
Bugun ertalab Eduardo rasmiy qaydnomadan chiqarildi va "Real"ning "Xetafe"ga qarshi o‘yini uchun ro‘yxatga kiritilmadi.
Fikrlar