
Eh, Ronaldu...
Evropa chempionatini erta tark etgan Portugaliya terma jamoasining sardori Krishtianu Ronaldu rekordlardan tashqari, antirekordlarni ham davom ettirmoqda.
Nimchorak finalda portugaliyalik yulduz jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qilish imkoniga ega bo‘lgandi. Biroq, Tibo Kurtua o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu 36 yoshli hujumchi uchun Evropa chempionatlari final bosqichidani 28-jarima zarbasi bo‘ldi.
Biroq, jarima zarbalari ustasi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu bu musobaqada 17 yildan beri nuqtadan to‘g‘ridan to‘g‘ri darvozani biror marotaba ishg‘ol qilolmagan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik to‘purar 2004 yildan beri qit’a chempionatida uzluksiz ishtirok etayotgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar