Ekitike: "Transfer narxi meni qiziqtirmaydi"

  • 23.09.2025 14:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Yugo Ekitike o‘zining transferi haqida fikr bildirdi. Mersisaydliklar frantsuz futbolchisi uchun "Ayntraxt"ga 95 million evro to‘ladi.

"Men uchun buning ahamiyati yo‘q. Barcha e’tiborimni o‘yinimga qaratganman. Albatta, mening transfer summam muhokama qilinadi. Bu futbolda odatiy hol. Men "Liverpul"da o‘ynashni istadim va bu qarorni shaxsan o‘zim qabul qildim", – deya Ekitikening so‘zlarini "Goal" nashri keltirdi.

23 yoshli futbolchi amaldagi Angliya chempioni bilan 2031 yil iyunigacha shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda u APLda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!