
Ektor Belerin faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Ektor Belerin “Atletiko”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchi “matraschilar”ning joriy yozgi transferlardagi asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi. “Atletiko” Belering evaziga “Arsenal”ga yarim himoyachisi Vitoloni berishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, “kanonirlar” ustozi Unai Emeri Vitolo bilan “Sevilya”da birga ishlagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Ma’lumot uchun, Belerinning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. U joriy yilning yanvaridan buyon jarohat sabab maydonga tushmadi.
Fikrlar