
Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz Turkiya sari yo‘lga chiqdi
Bugun 31 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab Turkiyaga yo‘l oldi. U erda milliy terma jamoamiz Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig‘inni davom ettirishadi.
7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.










Fikrlar