Ektor Kuper vada berdi

  • 03.06.2019 10:29
  • Bekzod Isayev
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya - O‘zbekiston uchrashuvidan keyin milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu hafda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Biz har bir o‘yindan keyin o‘zimiz uchun tegishli xulosalar chiqarib boramiz. Turkiya terma jamoasi bilan o‘yindan keyin ham o‘z xulosalarimga ega bo‘ldim. Turkiya saviya jihatdan bizdan ustun terma jamoa. Shuningdek, ular FIFA reytingida ham bizdan ancha yuqorida turishadi. Aynan mana shunday kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlarda xatolarimiz ko‘rinadi. Qaysi jihatlar ustida ko‘proq ishlashimiz kerakligini o‘zimiz uchun aniqlab olamiz. Fursatdan foydalanib, biz uchun Urugvay, Turkiya kabi kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilib berayotgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Biz o‘z darajamizdagi terma jamoalar bilan o‘ynab, g‘alaba qozonib yursak, "bizda hammasi joyida ekan" degan noto‘g‘ri xulosaga borib qolishimiz mumkin. Shu sababli o‘zimizdan saviya jihatdan yuqori bo‘lgan jamoalar bilan o‘ynashga, ularning fonida o‘z kuchimizni sinovdan o‘tkazib olishga harakat qilmoqdamiz.

Turkiyaga qarshi o‘yinda bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik. Bir yo‘la uch nafar futbolchi milliy terma jamoada debyut o‘yinini o‘tkazdi. Bular Oston Urunov, Quvondiq Ro‘ziev va Doston Ibragimov. Ular Turkiya kabi kuchli raqibga qarshi o‘yinda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Biz turli pozitsiyalarga bir qator kuchli futbolchilarni tayyorlab bormoqdamiz. Raqobat bor joyda, o‘sish bo‘ladi. Xabaringiz bor, tarkibimizdagi ba’zi futbolchilar jarohat olishgan. Yangi keladigan futbolchilar ularga raqobat hosil qilishi zarur.

O‘yinimizdagi kamchiliklar haqida gapiradigan bo‘lsa, biz standart vaziyatlarda yaxshi o‘yin namoyish qila olmayapmiz. Turkiyaga qarshi o‘yinda ham har ikkala gol standart vaziyatdan keyin kiritildi. Bu borada ko‘p ish olib borishimiz kerak. Bundan tashqari, raqib kuchli pressing qilgan paytda biz qiynalib qolyapmiz. Turkiya jarima maydonchamiz atrofidan pressingni boshladi. Bu vaziyatda biz to‘pni nazorat qilishga qiynaldik. Mana shu jihat ustida ham ishlashimiz zarur.

Oldimizda yana ikkita o‘rtoqlik o‘yini bor. Mazkur o‘yinlardan keyin yakuniy xulosaga kelamiz. Sentyabr oyida biz uchun rasmiy o‘yinlar boshlanadi. Jahon chempionati saralashida ishtirokni boshlaymiz. O‘sha paytga qadar terma jamoaning optimal tarkibini shakllantiramiz.

Saralash davomida kuchli terma jamoalarga qarshi maydonga tushishimizga to‘g‘ri keladi. O‘sha o‘yinlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun ham Turkiya kabi raqiblar bilan o‘yinlar juda foydali. O‘zimizdan kuchsiz raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, rasmiy o‘yinlarga yaxshi tayyorlana olmasligimiz mumkin. Bu o‘yinlardagi natijalar, g‘alabalar chalg‘itib qo‘yadi. O‘rtoqlik o‘yinlardagi kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlar ko‘p jihatdan foydali. O‘yinning natijasidan ko‘ra, o‘ylab qo‘yilgan rejalar qay darajada amalga oshayotgani muhim. Biz Turkiyaga qarshi yomon o‘ynamadik. Kuchli jamoalarga qarshi faqat jamoaviy o‘yin va ko‘proq harakatlanish evaziga ijobiy natijaga erishish mumkin. Mashg‘ulotlar davomida aynan mana shu jihatlarimizni kuchaytirishga urg‘u beryapmiz, - dedi Ektor Kuper.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
HAMMAH STAR
03/06/2019 12:57
DARVOZABON
SUYUNOV
NEMATOV
ILYOSIV
XIMOYA
Alijoniv
Saitov
Gaybullayiv
Eshmurodiv
Yuldoshiv
Mexmoniv
Komilov
Nosirov
Yarim ximoya
Xamrobekov
Shkurov
Ğaniyiv
Urunov
Aliboyiv
Xolmuxammedov
Siddiqov
Masharipov
Kenjaboyiv
Yaxshiboyiv
Ibragimov
Xujum
B Abduxoliqov
T Abduxoliqov
Shomudroduv
Murtazoyiv
HAMMAH STAR
Sxima 3/5/2
&
HAMMAH STAR
03/06/2019 13:05
3 markaziy ximoyaci tuwurilsa standartlar
Unimli foydalanamz. tayancda odilva shukurov. vengir masharipov ibragimov.urunov. xujumda murtazoyiv shomurodv tandim. carcamaydiga yigitlar, 1 akadimya bolasi, buy, tezlik, yaxwi tuwuniw boladi, wu siximada jaxon cimpianati narroqda tursin saralawdan utamz.
&
Surxon turon
03/06/2019 12:21
Нимани вада берди шунча ӯқиб вадани сезмадим
77 77
03/06/2019 10:55
Ишончимизни оклайсиз деган умиддамиз
Кобил Махмудов
03/06/2019 14:52
Мана шу кетиш булса Купердан Кейин яна Бабаянь булади.Айби исботлансаям хеч кандай чора куллашмади.демак бу ерда бир гап бор.Уфа рахбарлари,сизлар миллий термани ривожлантирмокчимисиз йоки Пахтакорними..биз Россияга ЖЧ га борардик.агар саралашда пахтакор эмас зборьний уйнаганида...уйоги
сизларни Виждонизга хавола
Bahrom Razzakov
03/06/2019 10:43
Sizga ishonamiz Kuper bobo !!!
&
+998901818230
05/06/2019 13:21
Кани ваъда бергани гирт касамхурмисан дейман.
&
+998901818230
05/06/2019 13:21
Кани ваъда бергани гирт касамхурмисан дейман.
Fazliddin Abdurahmonov
03/06/2019 20:04
Dustlar kalta uylamaya . Urtoqlik uyinini deb murabiydi ishdan olish axmoqlikkuu
. Kuper haqida hulosa chiqarishga erta .
Sanjarbek Holmatov
03/06/2019 17:44
Масаллик чатоқ бўлса - яхши овқат тайёр бўлмайди.....Қозонда бори - чўмичга чиқади... Яхши ўйинчининг ўзи йўқ бўлса---тренер қўлидан нима хам келарди...Бунинг устига олий лигадаги адолатсизликлар, келишилган ўйинлар...буларнинг бари пул маблағи билан боғлиқ...Футболчининг мотивациясини ошириш учун энг яхши нарса бу—пул...Бу аччиқ хақиқат....Бир икки йилдан сўнг бизнесимиз кучайиб, футбол учун ажратиладиган қонуний пуллар кўпайса (футбол клуби билан ўз савдо маркасини реклама қилиш тўғрисидаги битимлар кўпайиши керак)---шунда футболимиздан бирор нарсани кутса бўлади....Япония, Жанубий Корея, Австралия, Эрон, Қатар, Хитой...---буларда Ялпи Ички Махсулотнинг абсолют хажми хам юқори, хам жон бошига тўғри келадиган ЯИМ миқдори юқори.....Уларнинг даражасигача етишимизга озгина бор хали....Хурматли хамюртлар, асабларни сақланг...Футболимиз ривожи учун иқтисодимиз озгина ўсиши керак. ХИЗМАТИНГДА ТУРМАСАМ СЕНИ,- БОЛАМ, ДЕМА, ВАТАНИМ МЕНИ!
&
ОЗИМИЗ
03/06/2019 16:45
Солом хамага нима дейишни билмай коласан кимда айиб озимизни кора козлардами ёки ОЗИ ХАМ ФУТБОЛ ПРИНСИПИ ХАМ КАРИГАН КУПЕР БОБОДАМИ .....ХА ТОГРИ КУПЕРНИ ОЛИШ КЕРАК КАЧОНГАЧА ИМКОН БЕРИЛАДИ БУ КАРИЯГА Ж/Ч ЧИКИШ ИМКОНЯТИДАН КУРУК КОЛГАНИМИЗДА КЕГИНМИ .....АГАР Ж/ Ч ГА ЧИКОЛМАЙДИГАН БОЛСА ОЛГАН ПУЛИНГНИ 50/ПОЙИЗИНИ КАЙТАРАСАН ДЕСА ОША КУНИ КОЧИБ КЕТСА КЕРАК КУПЕР БОБО .!!!!
Baxriddin Murodov
03/06/2019 15:45
Jaloldin oddiy vaziyatda hakamga iltijo qilib o‘yin buzuldi deyapti biz halol o‘yin tarafdorimiz va muhlisimiz o‘sib kelyapgan nihollarni ezmasdan qo‘llash ketak Oston... bashqalar Paxtakor o‘yinchilari o‘sha yerda ham sohtakor o‘yin qilyapti
&
Surxon turon
03/06/2019 12:19
Сафсатабоз аравани қуруқ оп қочади
Dilmurod Karimjonov
03/06/2019 11:47
Jojani kuzda s.....