EL. "Betis" va "Shtutgart" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi, "Nottingem Forest" esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Evropa ligasining 6-turidan o‘rin olgan 4 ta bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
"Betis" Xorvatiyada "Dinamo Zagreb" mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida zafar quchdi. To‘qnashuvning 31-daqiqasida Serxi Dominges o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Rodrigo Rikelme sevilyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bu gal oradan 4 daqiqa o‘tib, 38-daqiqada Antoni bo‘sh darvozani ishg‘ol qilgan holda, hisobni yiriklashtirib qo‘ydi. Ushbu gollarga esa 89-daqiqada Niko Galeshich javob berib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
- Europe - UEFA Yevropa ligasi
- League Stage
Dinamo Zagreb
- Niko Galesic 89'
Tugadi
1
:
3
11.12.2025 22:45
Real Betis
- Antony 38'
- Rodrigo Riquelme 34'
- Sergi Domínguez 31'
Angliyaning "Nottingem Forest" klubi esa safarda Niderlandiyaning "Utrext" jamoasi bilan to‘qnash kelib, 2:1 hisobida engdi. Bellashuvdagi hal qiluvchi gol 88-daqiqada Igor Jesus tomonidan kiritildi.
- Europe - UEFA Yevropa ligasi
- League Stage
FC Utrecht
- Mike van der Hoorn 73'
Tugadi
1
:
2
11.12.2025 22:45
Nottingem Forest
- Arnaud Kalimuendo 52'
- Igor Jesus 88'
Shuningdek, "Shtutgart" - "Makkabi Tel-Aviv" klublari ishtirokidagi bahs ham o‘z nihoyasiga etdi. Sebastyan Xyoness boshqaruvidagi Bundesliga jamoasi o‘z maydonida 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
- Europe - UEFA Yevropa ligasi
- League Stage
Shtutgard
- Tiago Tomás 37'
- Lorenz Assignon 24'
- Maximilian Mittelstädt 50'
- Josha Vagnoman 90'
Tugadi
4
:
1
11.12.2025 22:45
Maccabi Tel Aviv
- Roy Revivo 52'
Fikrlar