
“El-klasiko” oldidan “Barsa”da katta yo‘qotish
20 mart kuni Ispaniya chempionatining 29-turida “Barselona” Madridda musobaqa peshqadami “Real” mehmoni bo‘ladi.
Muhim uchrashuv oldidan kataloniyaliklar asosiy tarkibning ikki himoyachisi – Jerar Pike va Serjio Dest xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi. 21 yoshli Dest Evropa ligasi doirasida “Galatasaroy”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda shikastlanib, 56-daqiqada maydonni tark etgandi. Amerikalik futbolchining son mushaklari jarohatlangan va bir necha hafta mobaynida maydondan tashqarida bo‘ladi.
35 yoshli Jerar Pike esa, turklarga qarshi 81 daqiqa shynadi. Uning ham oyoq mushaklarida og‘riq bor va katta ehtimol bilan madridlikka qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.
La Ligada “Real” 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Xavi shogirdlari ochkolari sonini 51 taga etkazib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar