
"El-klasiko" oldidan muhim xabar. Mbappe kelajagi borasida bir qarorga keldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, frantsiyalik forvard "Real"ga o‘tishga tayyor. Hujumchi "qirollik klubi" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Shartnoma bahorda imzolanishi kutilmoqda. Mbappe yozda erkin agent maqomida madridliklar safiga borib qo‘shiladi.
Chempionlar Ligasi doirasidan o‘rin olgan "Real" va PSJ uchrashuvidan avval shartnoma borasida hech qanday yangilik e’lon qilinmaydi. Joriy mavsum 23 yoshli Kilian 18ta gol urdi va 15ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar