“El klasiko”da futbolchilar mushtlashib ketishdi (video)
Ukrainada “Dinamo” va “Shaxtyor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 58-daqiqasida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Ukriana “El klasikosi”dagi bu vaziyatda kievliklar hujumchisi Junior Moraes janjalni boshlab berdi.
Bu vaqtda “Shaxtyor” 2:3 hisobida oldinda borayotgan edi. Junior Moraes raqib bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng asablashib, memhonlarnig 3 nafar futbolchisiga tashlanib kedi. Buni kuzatib turgan hakam hech ikkilanmay, Moraesga qizil kartochka ko‘rsatdi.
O‘yinning 95-daqiqasida esa “Dinamo” a’zosi Sergey Ribalka ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etgan.
Yakunda esa o‘yin 3:4 hisobida “Shaxtyor” foydasiga hal bo‘ldi.

Fikrlar