EL. Kutilmaganda g‘oliblik uchun da’vogar jamoa musobaqani tark etdi

  • 18 mart, 2022, 03:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga etdi. 

O‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qilgan "Vest Xem" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi gollarga Souchek hamda Yarmolenko mualliflik qildi. 

Ilk to‘qnashuvda andalusiyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 

Shu tariqa, "bolg‘achilar" Evropa ligasi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 



Shuningdek, "Ayntraxt" hamda "Real" Betis jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham nihoyasiga etdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, 3:2 hisobida zafar quchgan frankfurtliklar keyingi bosqich masalasini hal qildi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!